Ma'lumotlaringiz — sizniki
Yangilangan: 5 noyabr 2026
01Qanday ma'lumot yig'iladi
- Ariza formasi: ismingiz, telefon raqamingiz, biznes turi va izohingiz.
- Agar testni topshirib, natijani formaga qo'shsangiz — test javoblari.
- Saytga qayerdan kelganingiz (reklama belgilari — utm, oldingi sayt manzili) va IP manzil. IP faqat spamdan himoya uchun.
- Tashriflar statistikasi (Umami): qaysi sahifa ochilgan, qurilma turi, mamlakat. Cookie ishlatilmaydi, siz shaxsan aniqlanmaysiz.
02Qayerda saqlanadi
- O'zbekistondagi serverda (TuronCloud, ma'lumotlar bazasi). Har kuni zaxira nusxa olinadi.
- Yangi ariza haqida Jonibekka Telegram bot orqali xabar boradi.
- Brauzeringizda (localStorage): tanlangan til, test natijasi va kelgan manba — faqat shu qurilmada qoladi.
03Kim ko'radi
- Faqat Jonibek. Ma'lumotlar sotilmaydi, reklama tarmoqlariga va uchinchi shaxslarga berilmaydi.
- Ma'lumotdan faqat siz bilan bog'lanish va xizmatni yaxshilash uchun foydalaniladi.
04Qancha saqlanadi va qanday o'chiriladi
- Ariza hamkorlik davomida va undan keyin ko'pi bilan 2 yil saqlanadi.
- O'chirishni so'rash uchun Telegram'da @ulugbekovich0101 ga yozing — 3 ish kuni ichida ariza va unga bog'liq hamma narsa o'chiriladi.